Prezident Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ayupov Shavkat Abdullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori

Basitxanova Elmira Irkinovna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari

Saidov Sirojiddin Saloxovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sayfullayev Baxtiyor — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Sanakulov Kuvandik — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Safoyev Sodiq Solixovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

Turdiyev Sodiqjon — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yuldashev Bexzod Sadikovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlandi.

Senat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi.

Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *