Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati
support@41-maktab.uz
+998971234567
  • uz
  • ru
  • en

Yangiliklar

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani MMTBga qarashli 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari bilan "San'at va hunarmandchilik" haftaligi doirasida kichik ko'rgazma tashkil etilib milliy hunarmandchilik haqida ma'lumot berildi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani MMTBga qarashli 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari bilan "San'at va hunarmandchilik" haftaligi doirasida kichik ko'rgazma tashkil etilib milliy hunarmandchilik haqida ma'lumot berildi. Oʻzbekistonda koʻpchilik kundalik hayotining ajralmas qismi boʻlgan hunarmandchilik sanʼati, xususan, yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, toʻqimachilik, zardoʻzlik, sozgarlik, kandakorlik, zargarlik necha-necha ming yillik tarixga, oʻziga xos ijodiy maktab va anʼanalariga, atoqli namoyandalariga ega. Mohir ustalar tomonidan tayyorlangan koʻplab badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat mahsulotlari bugungi kungacha dunyoning mashhur muzeylarida saqlanishi ularning jahon xalqlari tarixida muhim oʻrin tutishidan dalolat beradi.