Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik, sadoqat va jasorat tuyg‘ularini rivojlantirish hamda Ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida tumandagi 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchi yoshlar ishtirokida Qiziltepa tumanida joylashgan 7532-harbiy qismga sayohati tashkil etildi. Tadbirda harbiy orkestr namoyishi va shaxsiy tarkib brigadasining jangovar chiqishlari uchrashuvda o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Yoshlar ushbu maskanga qilgan sayohati davomida vatanga xizmat qilishdek mas’uliyatli burchni ado etishni o‘zlariga maqsad qilishdi.