41-umumta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida muhim qadamlar tashlanmoqda. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lida, ota-onalar tashabbusi hamda homiylik mablag‘lari hisobidan maktabimiz sinfxonalari zamonaviy 30 dona IP kuzatuv kamerasi bilan to‘liq jihozlandi. 🎥📚 Bu tashabbus maktab hayotida yangi davrni boshlab berdi — endi ta’lim jarayonlari yanada ochiq, shaffof va xavfsiz tarzda olib boriladi. O‘quvchilarning harakatlari, darslarga qatnashuvi va umumiy muhit doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Bu esa nafaqat tartib-intizom, balki o‘quvchilarning shaxsiy xavfsizligi va ma’naviy tarbiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 📌 Bunday ezgu tashabbusni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan, maktab taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha ota-onalarimizga maktab ma’muriyati chuqur minnatdorchilik bildiradi. 🤝 Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, mehringiz va ishtirokingiz bilan maktabimiz har tomonlama rivojlanmoqda. Kelajak avlodlar ta’lim-tarbiyasi uchun yaratib berilgan bu imkoniyatlar — barchamiz uchun faxr va mas’uliyatdir. 📚 Birgalikda — kuchmiz, maqsadimiz — nurli kelajak!